FVV qutqaruvchilari hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizchani qutqarib qolishdi
Bugun, 17-oktyabr kuni soat 11:44 da Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Birlik” mahallasida joylashgan nonvoyxonalarning biri hovlisidagi hojatxonaga 2023-yilda tug‘ilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati yozmoqda.
“Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi”, – deyiladi xabarda.
Ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik so‘ralgan.
Sharhlar