Pokistonda parlament saylovlaridan keyin norozilik namoyishlari boshlandi

Фото: zakon.kz

The Guardian nashrining 12-fevral kuni bergan xabariga ko‘ra, butun Pokiston bo‘ylab parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirishda ayblangan ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan. Mahkum etilgan sobiq bosh vazir Imron Xonning tarafdorlari ovozlarni sanash chog‘ida nomzodlari kamsitilganini da’vo qilib, ko‘chalarga chiqshmoqda.

Pokistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida mustaqil nomzod sifatida qatnashgan sobiq bosh vazir Imron Xonning “Tehrik-e-Insaf” partiyasi vakillari kutilmaganda ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritgan.

Ammo ular baribir yakuniy g‘alabaga erisha olishmagan. Pokistonning asosiy siyosiy partiyalaridan hech biri o‘z hukumatini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan 169 o‘rinni olmadi. Xonning tarafdorlari norozi: ular aslida saylov komissiyasi rasmiy maʼlumotlariga koʻra koʻproq ovoz olganliklarini va 98 emas, kamida 150 oʻrin olishlari kerakligini daʼvo qilmoqdalar. “Tehrik-e-Insaf” vakillari saylov natijalariga eʼtiroz bildirish uchun oʻnlab daʼvolar bilan chiqishgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.