Turkiya Erdo‘g‘onning AQSHga tashrifi qoldirilganini tasdiqladi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Onju Kecheli prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning AQSHga tashrifi qoldirilganini tasdiqladi, deb yozadi “Kommersant”. U buni grafiklardagi nomutanosibliklar bilan izohladi.
“Turkiya va AQSH o‘rtasida yuqori darajadagi muloqot davom ettiriladi”, — dedi Kecheli Reuters’ga.
Avvalroq tashrifning qoldirilgani haqida Reuters manbalariga tayanib yozgandi. Safar haqida rasman ma’lum qilinmagan. Turkiya va AQSH prezidentlari uchrashuvi 2019-yildan buyon birinchisi bo‘lishi kerak edi.
O‘tgan hafta Erdo‘g‘on yaqin orada uning Vladimir Putin bilan uchrashuvi masalasi hal bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Turkiyaga safari bo‘ladigan aniq sana hozircha belgilanmaganini aytdi.
Sharhlar