Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ikkita neft zavodi va boshqa obyektlarga dronlar hujum qildi (video)

Фото: астра

27-aprelga o‘tar kechasi dronlar Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi neftni qayta ishlash zavodlariga va boshqa infratuzilma obyektlariga hujum qildi, deb yozadi BBC.

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyev ma’lum qilishicha, uchta tumanda o‘ndan ortiq uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sezilarli vayronagarchiliklar va jabrlanganlar yo‘q.

O‘z navbatida, Slavyanskiy tumani rahbari aytishicha, shu nomdagi neftni qayta ishlash zavodida hujum oqibatida rektifikatsion ustun zarar ko‘rgan.

Astra Telegram-kanali mahalliy aholiga tayanib yozishicha, bundan tashqari, Severskiy tumanida Ilskiy neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilgan. Dronlar hujumidan keyin zavodda yong‘in kelib chiqqan, u deyarli to‘liq o‘chirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.