Razambek Jamalov xalqaro turnirida oltin medalga sazovor bo’ldi

Foto: Sport vazirligi

Vengriyada sport kurashlari bo’yicha xalqaro reyting turnirida O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Razambek Jamalov oltin medalga sazovor bo’ldi.

-74 kg vazn toifasida kurashgan sportchi  dastlabki davrada Venesuela, chorak finalda Gruziya, yarim finalda Eron va finalda Vengriya vakillarini mag’lub etishga erishdi. Qolgan o’zbekistonlik ishtirokchilariga shohsupa yo’lida biroz omad yetishmadi.

Bugungi bahslarda Feruza Esenbayeva gilamga chiqadi. -68 kg vazn toifasida kurashadigan atlet ilk bosqichda turkiyalik Buse Chavasogluga qarshi bahs olib boradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.