Rossiyada 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit qurilishda halok bo‘ldi
Rossiyada 2-noyabr kuni 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish maydonchasida oltinchi qavatdan qulab vafot etdi, deb xabar bermoqda Rossiyaning “Fontanka” portali.
Hodisa tonggi soatlarda Yanino-1 qishlog‘ining Tulipov ko‘chasida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik yigit 2024-yilning fevral oyida Rossiyaga ishlash uchun kelgan, Leningrad viloyatida rasman g‘isht teruvchi bo‘lib ishlagan, mehnat patenti bilan, migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qulash ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan. Yigit bino yaqinida o‘lik holda topilgan. Jarohatlar hayotga to’g’ri kelmaydigan bo’lib chiqdi va yetib kelgan shifokorlar uning o’lganini e’lon qilishdi.
Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Sharhlar