Rossiyalik ayol ikkita xonadoniga 11 ming muhojirni ro‘yxatga qo‘ygani aniqlandi

Российская пенсионерка прописала в двух своих квартирах 11 тысяч мигрантов
Фото: azeros.ru

Rossiyaning Kaluga viloyati Obninsk shahrida 73 yoshli ayol o‘z xonadonlariga qariyb 11 ming muhojirni ro‘yxatga qo‘ygani aniqlandi, shundan keyin unga odamlarni ro‘yxatga qo‘yish taqiqlandi. Bu haqda Obninsk shahar sudi xabar berdi.

2009-yildan ayol chet el fuqarolarini o‘z uylariga ro‘yxatga qo‘yishni boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun odamlardan pul olmagan, balki shunchaki ularga Rossiya fuqaroligini olishda yordam bergan va shu tariqa viloyatga ishchi kuchini jalb qilgan.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, uning ikkita xonadoni manzili bo‘yicha 15 yil ichida 10 593 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu vaqt ichida ayolga nisbatan noqonuniy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha oltita jinoyat ishi ochilgan, jarimaning umumiy summasi 1 million 220 ming rublni tashkil etadi. Shundan atigi 150 ming rubli to‘langan, xolos.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.