Safina Sadullayeva Olimpiyadadagi ishtirokini boshladi
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Sadullayeva o’zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtirokini boshlab berdi.
Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etayotgan sportchi dastlabki ikki urinishni muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Sadullayeva 1.83 va 1.88 metr balandliklarni birinchi harakatning oʻzida zabt eta oldi.
Avvalroq, 2-avgust kuni Olimpiya o‘yinlarida 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar