Moskvaga qarab uchayotgan dron urib tushirildi

собянин
Фото: информационный центр правительства

Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, 12-martga o‘tar kechasi Ramenskiy shahar okrugida Havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari “Moskvaga qarab uchayotgan” uchuvchisiz uchar qurilmani urib tushirgan.

“Dron bo‘laklari qulab tushgan joyda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronagarchiliklar va jabrlanganlar yo‘q”, — deb yozdi Sobyanin.

Ramenskiy okrugi Moskva shahridan janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, Moskva viloyatiga kiradi.

12-mart, seshanbaga o‘tar kechasi dronlar hujum qilgani haqida Belgorod, Kursk va Orlov viloyatlari ma’muriyatlari ham xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oryol shahrida dron hujumi oqibatida neft bazasida yong‘in kelib chiqqan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.