Samarqandda “Lacetti” beton bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi

фото: УБДД Самаркандской области

Samarqand viloyatida 10-noyabr kuni “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi to’siqqa borib urilgan va ag‘darilib ketgan, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Voqea ertalab soat 05:00 atrofida Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, Lacetti haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

Natijada erkak tan jarohatlari olib, viloyat tibbiyot markaziga yetkazilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Haydovchilardan tezlikni oshirmaslik va yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik so‘ralgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.