Saylov kunini eslatuvchi SMS xabarlari fuqarolarning mobil telefonlariga yuborilmoqda
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 2 iyuldagi qarori bilan saylovoldi tashviqotini olib borish bo‘yicha nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomda ilk marotaba sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda saylovoldi tashviqoti materiallarini tayyorlash va tarqatish masalalari tartibga solindi.
Xususan, siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan tashviqot materiallarida ushbu materiallarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib tayyorlanganligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatish;
har qanday shaxsning tasvirga va uning ovoziga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzmaslik;
biror-bir shaxsning tasviri va ovozi, shuningdek boshqa shaxsga doir ma’lumotlaridan foydalanilganda ushbu shaxsning oldindan roziligini olish kabi qoidalarga amal qilish kerakligi belgilandi.
Saylovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saylov.uz veb-saytiga jami 11 ming 758 ta axborot, Saylovga oid video darslar bo‘limiga 11 ta videodars, shuningdek, “Saylov-2024” rukniga saylovga doir barcha ma’lumotlar joylashtirildi.
Hududiy saylov komissiyalarining rasmiy veb-saytlariga 1 207 ta ma’lumot joylashtirildi.
Saylov kunini eslatuvchi SMS xabarlari fuqarolarning mobil telefonlariga yuborildi.
Shuningdek, saylov kampaniyasiga hamda saylovchilarni saylovga jalb qilishga doir telekanallarda 17 544 ta, radiokanallarda 6 990 ta, bosma nashrlarda 689 ta, veb-saytlarda 1 271 ta, telegram kanallarda 10 634 ta hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda 4 593 ta ma’lumotlar e’lon qilindi.
Saylovchilarnining ovoz berish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jami 47 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
“Saylov va yoshlar” mavzusida 400 dan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, tadbir orqali 1,5 mln nafar yoshlar qamrab olindi.
Sharhlar