Toshkentdagi avtosalonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi – video

Фото: кадр из видео

Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida Toshkent shahar FVB axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Xabarga ko‘ra, “bugun, 11 iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6a-daxasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da o‘chirilgan”, – deyiladi xabarda.


Yong‘in natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi. Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar hodimlari chiqqan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.