Sharifa Davronova ikki karra jahon chempioni bo’ldi
Peruda yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida gʻalaba qozonib, dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi oltin medaliga sazovor boʻldi.
Davronova musobaqada 13.75 metr natija qayd etdi. U 2 yil muqaddam Kolumbiyadagi U20 jahon chempionatida ham oltin medal sohibi boʻlgan edi.
Shuningdek, balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borgan Barnoxon Sayfullayeva 1.84 metrga sakrab, shaxsiy rekordini takrorladi. Afsuski, bu Sayfullayevaga sovrinli o’rinlarga koʻtarilish uchun kamlik qildi va u musobaqani 6-oʻrinda yakunladi.
Ulashish:
Sharhlar