Sharofiddin Boltaboyev imkoniyatni qo’ldan boy berdi

Фото: НОК

Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari medali uchun kurashni davom ettiradi. Chorak finalda janubiy koreyalik Li Jun Xvan bilan bellashgan Boltaboyev mag’lubiyatga uchradi.

Endi u bronza medali uchun o’tish bosqichida tojikistonlik Somon Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqadi.

Biroz avval, Sharofiddin Boltaboyevning ilk raqibi diskvalifikatsiya qilinganligi va mezbon sportchini musobaqadan chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edik.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.