Shu yilning 1-yarim yilligida 800 nafardan ortiq mahkum kasbga o‘rgatildi

Foto: xabar.uz

2024-yilning 1-yarim yilligida 800 nafardan ortiq mahkum kasbga o‘rgatilib, ularga sertifikatlar berildideb xabar bermoqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari.

Ombudsmanga harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari va himoyachilari (advokatlari) tomonidan 1 271 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 16 foizga kamaygan.

Murojaatlarning 483 tasi pochta aloqa xizmati, 22 tasi sayyor qabul, 17 tasi Ombudsman qabuli, 200 tasi fuqarolar qabuli, 198 tasi “Ombudsman qutisi”, 344 tasi elektron tarzda va 7 tasi Ombudsmanning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan.

Ombudsman nomiga 2024-yil 1-yarim yilligida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 95 ta shikoyat kelib tushgan.

Shikoyatlarning 8 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsmanning xatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan.

35 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmagan.

Ombudsmanning nazorat xatiga ko‘ra, 1 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 52 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

2024-yilning 1-yarim yilligida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 452 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirilgan.

Monitoring tashriflari davomida 3,0 mingga yaqin mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 1585 ming nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilgan.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.