Sirdaryo viloyatida jamoat transporti tizimi tubdan yangilanmoqda
O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan jami 40 dona yangi avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Viloyat aholisiga sifatli jamoat transporti xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, jamoat transporti parkini yangilash, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Uchlik Ishonch Savdo” MChJ tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan zamonaviy 8 dona YUTONG rusumli avtobuslar keltirildi.
Avtobuslar past polli, yo‘lovchi sig‘imi katta, nogironligi bor fuqarolar uchun panduslar bilan jihozlangan, elektron tablo va elektron to‘lov tizimi (ATTO) qurilmalari o‘rnatilgan. Korxona tomonidan joriy yil yakuniga qadar yana 12 dona yangi avtobuslar xarid qilish bo‘yicha kelishuv shartnomalari tuzilmoqda.
Shuningdek, “Trans Imkon Servis” MChJ tomonidan XXRda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy turdagi 12 dona yangi ZHONGTONG rusumli avtobuslar xarid qilish bo‘yicha kelishuv shartnomalari tuzildi.
Bundan tashqari 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida mahalliy tashuvchi korxonalar tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 5 dona HIGER rusumli avtobuslar va 15 dona JAC rusumli mikroavtobuslar xarid qilinib, yo‘lovchilarini tashish ishlarida xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlariga qo‘yildi.
Sharhlar