Valensiyada ko‘p qavatli bino yonib ketdi, 4 kishi halok bo‘lib, 20 kishi bedarak yo‘qoldi (video)

Foto: AP

Ispaniyaning Valensiya shahrida ko‘p qavatli turar joy binosi yonib ketdi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lib, 20 kishi bedarak yo‘qoldi.

Yirik yong‘in shahar markazidagi ikkita binoni qurshab olgan. Hodisa haqida 22-fevral kuni kechqurun ma’lum bo‘ldi. Avval 14 qavatli turar joy binosi yonib ketgan, bir necha soatdan keyin esa alanga qo‘shni binoga ham o‘tgan.

Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda, shuningdek, shoshilinch yordam harbiy xizmati ham jalb qilingan. Voqea joyida yaradorlarga yordam ko‘rsatish uchun katta chodir qurildi. Ba’zi odamlar balkonlardan tushirib qutqarilgan. Qutqaruvchilar bino qulab tushishi ehtimolini istisno qilmayapti.

Mahalliy OAVlar ushbu yong‘inni shahar tarixidagi eng yirigi deb atamoqda. Hukumat uch kunlik motam e’lon qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.