Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi
Sirdaryo viloyatida yuk avtomobili va avtobus ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi boʻyicha viloyat IIB YXHB rasmiy ma’lumot berdi.
“2024-yil 28-iyun kuni soat 12:30 larda, Sirdaryo tumani, Ziyokor MFY hududidan oʻtuvchi M-34 avtomobil yoʻlining 83-kmda, Termiz-Toshkent yoʻnalishida, “Isuzu” rusumli yuk avtomobili shu yoʻnalishda yoʻlning oʻng tomon qismida yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻxtab turgan 14 nafar yo’lovchisi bo’lgan “Isuzu” rusumli yoʻlovchi tashuvchi avtobusni orqa qismidan urib yuborishi natijasida yoʻl transport xodisasi sodir etilgan”, – deilyadi xabarda.
Natijada “Isuzu” rusumli yoʻlovchi tashuvchi avtobus salonida boʻlgan 1 nafar yoʻlovchi jarohat olib Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan tezlikni oshirmay oraliq masofani saqlashlarini hamda charchoq va uyqu kelganida avtomashinani boshqarmasliklarini soʻralgan.
Sharhlar