Sitora Turdibekova afrikalik raqibidan ustun keldi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Sitora Turdibekova (-57 kg) ham ilk jangni muvaffaqiyatli oʻtkazdi.
U Kongo Demokratik Respublikasi vakili Marselat Sakobi bilan jangini ishonchli tarzda oʻz foydasiga hal qila oldi va ikkinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Endi u 2-avgust kuni ikki karra jahon chempioni, xitoy taipeyilik Yu-Ting Linga qarshi chorak final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Avvalroq, Sharofiddin Boltaboyev mezbon sportchini musobaqadan chiqarib yuborganligi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar