Samarqandda Nexia-2 Siyob kanaliga tushib ketdi (video)

Videodan skrinshot

Samarqand shahrida Nexia-2 avtomashinasi texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ro‘l boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga tushib ketgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar bermoqda.

Hodisa 2024-yil 7-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida yuz bergan.

Oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Transport vositasi FVB tomonidan kanaldan chiqarib olingan.

Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.