Rossiyada markaziy osiyolik muhojirlarga nisbatan sud ishlari soni 70 foizga oshgan

Фото: Советская газета

Podmoskovyedagi teraktdan keyin bir hafta ichida muhojirlarga nisbatan migratsion qonunchilikni buzish to‘g‘risidagi sud ishlari soni 70 foizga oshib ketgan. Bu haqda Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti bayonotida aytiladi.

Huquq himoyachilari shu narsaga e’tibor qaratdiki, 22-mart hodisalaridan keyin “Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar va slavyancha qiyofaga ega bo‘lmagan boshqa odamlar Rossiyada etnik asosdagi ta’qiblar va hujumlarning sezilarli ko‘payishi holatiga duch kelmoqda”.

“Bu huquq-tartibot organlari xodimlari teraktda gumonlanuvchilarning Tojikiston fuqarolari bo‘lgan kamida ikki nafarini qiynoqqa solganidan keyin, Rossiya hukumati tomonidan muhojirlarga qarshi berilayotgan bayonotlar kuchayishi fonida yuz bermoqda”, — deyiladi tashkilot xabarida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.