QR kodli chek so‘ragan bola Soliq qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi
Avvalroq, Sirdaryo viloyatida sotuvchi chek so‘ragan bolaga qo‘l ko‘targani haqda xabar bergan edik.
Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev xarid cheki soʻrab, sotuvchining qoʻpol munosabatiga duch kelgan 12 yoshli Qoʻchqorov Shahboz Farrux oʻgʻli bilan shaxsan uchrashib unga minnatdorlik izhor etdi.
Uchrashuvda yosh va faol bolani qoʻllab-quvatlash uchun rais oʻrinbosarlari, markaziy appart tuzilma rahbarlari va barcha xodimlar qatnashdi.
Sherzod Kudbiyev Shahbozga tengdoshlaridan farqli ravishda savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazoratidagi faol ishtiroki, mavjud tartib-qoidalarga rioya etishdagi oʻziga xos tashabbusi, soliqlarning jamiyatda tutgan oʻrnini hozirdan idrok eta boshlagani va bu bilan barchaga oʻrnak boʻlgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga oid chora-tadbirlar oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi. Shahbozning onasi Dilbar opaga: “Mana shunday farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganingiz uchun sizga ham alohida rahmat. Shahboz Yangi Oʻzbekistonning yangi avlodlariga namuna boʻldi”, – dedi Sh.Kudbiyev.
Sharhlar