Surxondaryo viloyatida “Zarchob-1A” kichik GES ishga tushirildi
Surxondaryo viloyatining Sariyosi tumanida 3 MVt quvvatga ega “Zarchob-1A” kichik gidroelektr stansiyasi (GES) ishga tushdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.
Toʻpalang daryosi boʻyida joylashgan yangi elektr stansiyasi kichik gidroelektrostansiyalar kaskadida uchinchi boʻldi. Ma’lum qilinishicha, “Zarchob-1A” yiliga o‘rtacha 13,3 million kVt/soat ishlab chiqaradi va bu 4,7 mingga yaqin xonadonni energiya bilan ta’minlaydi.
GES qurilishini “Gidro texnika” kompaniyasi amalga oshirdi. Loyihaning umumiy qiymati 3,3 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, To‘palang daryosida “Zarchob-1” va “Zarchob-2” kichik gidroelektr stansiyalari 2021-yilda ishga tushirilgan edi. 2023-yil kuzida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bo‘lajak Zarchob-3 kichik GES qurilishi boshlandi.
Sharhlar