Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga 2-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar bermoqda.
Ushbu hududlar quyidagilar:
Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha): “Bunyodkor” va “Yangi Bunyodkor” MFYlari
Aholi isteʼmolchilari soni: 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 2328 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha): “Yangi Sebzor” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: ko‘p qavatli uydagi 108 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta
Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): “Oq uy” MFY Eski otchopar ko‘chasi
Aholi isteʼmolchilari soni: 42ta xonadon
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Sharhlar