OAV Telegram’da “Viloyat Xuroson” tashkilotining kriptohamyonini topdi

Представители таджикского народа возложили цветы у "Крокуса"
Источник: rg.ru

“Vajniye istorii” nashri “Viloyat Xuroson” tashkilotiga aloqador kriptohamyonni aniqladi, teraktdan so‘ng u yerdan Shamsiddin Fariduniy “Krokus Siti Xoll”da terakt uyushtirganlikda gumonlanib qo‘lga olinayotgan paytda u tomonidan aytilgan summaga teng miqdorda mablag‘ chiqarib olingan.

“Biz Telegram-chatlarning butun bir tarmog‘ini aniqladik, bir qator omillar ularning ISHID terrorchilik guruhining Tojikistondagi qanoti — “Viloyat Xuroson”ga tegishliligini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi xabarda. Nashr ularning mazmuni bilan tanishib chiqib, bir qator ma’lumotlarni aniqlagan.

23-mart kuni qo‘lga olinganidan keyin, “Krokus”dagi terakt haqidagi ish ishtirokchisi Fariduniy Telegram’da va’zlar tinglab o‘tirganida noma’lum kishi u bilan bog‘lanib, ommaviy qotillik sodir etishni taklif qilgani va va’da qilingan 500 ming rubldan 250 mingini to‘lagani haqida gapirib bergan edi.

Mart boshida shunday chatlardan birining ishtirokchisi (taxminlarga ko‘ra, ular orqali jangarilar yollanadi) “asirga tushganlarning oilalari” (ya’ni ISHID terrorchilariga asir tushganlar) uchun yordam sifatida kriptovalyuta yig‘ilayotgan saytga havola qoldirgan. Keyinroq u Telegram’dagi akkauntini o‘chirib tashlagan.

Ko‘rsatilgan USDT-hamyon 14-mart kuni yaratilgan. 550 dollar miqdoridagi birinchi transh darhol kelib tushgan, keyingilari (jami 2525 dollar) esa terakt yuz bergan kuni — 22-mart 7:20 va 18:55 oralig‘ida kelib tushgan va ByBit kriptobirjasi hamyoniga chiqarib olingan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar Krokusdan 20:11 da chiqib ketgan. Yo‘l kameralaridan olingan ma’lumotlar gumonlanuvchilar 00:00 da (soatlar Moskva vaqti bilan ko‘rsatilgan) qo‘lga olinganini ko‘rsatgan. Ya’ni mablag‘lar mana shu vaqt oralig‘ida chiqarib olingan. O‘sha kuniyoq hamyon faollikdan to‘xtagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.