Tadbirkorni aldab, 2 mlrd so‘mini olgan firibgarlar ushlandi

Uchtepa tumanida “S.P.” MCHJning ta’sischisi Z.M. va fuqaro D.X. o‘zaro til biriktirib, tadbirkor A.Z.ning ishonchiga kirgan va unga MCHJning Ko‘kcha darvoza ko‘chasidagi 727 kv. metr maydonga ega bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosini sotishga kelishib, go‘yoki 5 ish kunida binoni uning nomiga o‘tkazib berishlari haqida tilxat yozib bergan.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘m naqd pullarini qo‘lga kiritishgan firibgarlar binoni boshqa shaxsga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.