Telegram messenjerida akkauntlarga ommaviy buzib kirish sodir etildi

Фото: Atlantic

Telegram messenjerida akkauntlarga ommaviy ravishda buzib kirish sodir bo‘lmoqda – firibgarlar “tanishlaridan” o‘rnatilgan fishing havolasi bilan premium sovg‘alar yuborishyapti.

Unda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘tganingizdan keyin akkaunt va barcha shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanmoqda. Firibgarlar ma’lumotlardan foydalanib, kredit olishyapti va boshqa odamlarni aldashmoqda.

“Necha marta aytish va ogohlantirish kerakligini bilmayman – notanish havolalar bo‘yicha o‘tmang. Telegram messenjeridan premium sizga o‘zi kerakmi?! Aytgancha, agar siz havola bo‘yicha o‘tsangiz, akkauntingizga kirish huquqidan mahrum bo‘lasiz. Qurbonlar juda ko‘p”, – deb yozadi HUMO rahbari Shuhratbek Qurbonov.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.