Telegramingizga “ikkinchi foydalanuvchi” ulanib olmaganmi
Telegramda “ikkinchi foydalanuvchi” sifatida ulanib olgan “tovlamachi” qo‘lga olingan. Andijon viloyatida yashovchi J.D. murojaat qilib, o‘zining uyatli rasmlarini telegram messenjerida tarqatib yubormaslik evaziga noma’lum shaxs tomonidan 17 mln so‘m talab qilayotganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi R.O. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.O., jabrlanuvchi J.D.ning avval foydalanuvida bo‘lgan ammo, hozirda telegrami faol bo‘lgan telefon raqamini sotib olgan va telegram akkauntiga yashirin tarzda ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olib, 17 mln so‘m pullarni o‘tkazib bermasa akkauntdagi mavjud rasmlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan R.O.ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
Sharhlar