Samarqandda piyoz tashigan avtomashina “Tez yordam” xizmatiga tegishli emasligi ma’lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda tez yordam mashinasi qoplar toʻla piyoz olib ketmoqda” deya izoh yozilgan fotosurat tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi ushbu holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi hamda rasmiy munosabat e’lon qildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli.
Undan bemorlarni davolash uchun shifo maskaniga olib kelish, yashash manziliga eltib qoʻyish va mobil tibbiy yordam koʻrsatish maqsadlarida foydalanib kelingan.
Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik subyektiga qarashli xoʻjalik avtomashinasi harakatlanish chogʻida yoʻlda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga toʻgʻri kelgan.
Sharhlar