O‘zbekiston TIV Eronning Suriyadagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qoralab chiqdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eronning Suriyadagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qoralab bayonot e’lon qildi. Uni O‘zA chop etdi.
“Bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Vazirlik xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi” deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil aviatsiyasi Eronning Damashqdagi elchixonasiga zarba bergan, oqibatda Islom inqilobi posbonlari korpusining ikki nafar ganarali va yana besh a’zosi halok bo‘lgan edi.
Sharhlar