Toshkent aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishga olinadi

Фото: Uzbekistan Airports

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi o‘zining ijtimoiy siyosati doirasida sakkiz nafar imkoniyati cheklangan kishini ish bilan ta’minladi . Shu tariqa, Toshkent aeroportida faoliyat yurituvchi “Uzbekistan Airports Handling” ekspeditorlik kompaniyasining aeroport terminali xizmatiga eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar yuk aravachasi operatori sifatida ishga qabul qilindi.

Bugun poytaxt aeroportida O‘zbekiston karlar jamiyati rahbari Go‘zal Shodiyeva va O‘zbekiston Aviatsiya ishchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ulug‘bek Nazirov ishtirokida xodimlarni ishga qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yangi xodimlarga kasaba uyushma kartalari tantanali ravishda topshirilib, yangi ish joyida omad tiladi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston aeroportlari” va O‘zbekiston karlar jamiyati vakillari front xodimlarini, jumladan, yo‘lovchi tashish xizmati xodimlarini va axborotni qo‘llab-quvvatlash agentlarini imo-ishora tilida o‘qitishga kelishib oldilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.