Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov shahar kengashi deputati etib saylandi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov shahar kengashi deputatiga aylandi, deb xabar bermoqda Toshkent hokimligi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasida Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangan.
Uning nomzodi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan.
Shuningdek, sessiyada Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish, Xalq deputatlari Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish kabi poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar ko‘tarilgan.
Sharhlar