Toshkentda 20 dan ortiq kishi Muhteshem Doner qahvaxonasida ovqatdan zaharlandi
Toshkentda tez tayyorlanadigan taomlarni iste’molgan 20 dan ortiq kishi shifoxonaga murojaat qildi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati.
6-8 sentyabr kunlari 23 kishi ovqatdan zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan Muhteshem Doner qahvaxonasida ovqatlangan.
Ayni paytda bemorlarning ahvoli yaxshilangan, ulardan 13 nafari uyiga chiqarilgan, qolgan 10 nafarini davolash davom etmoqda.
Mutaxassislar ushbu muassasa faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan. Hozirda laboratoriya tadqiqotlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar ovqat tayyorlashda qo‘llanilgan qayladan zaharlangan bo‘lishi mumkin.
Sharhlar