Toshkentda Cobalt panjaraga borib urilgan va ag‘darilib ketgan

Фото: кадр из видео

Joriy yilning 26-oktabr kuni soat 00:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish  ko‘chasida haydovchi 1984 yilda tug’ilgan O.A. o‘z boshqaruvida bo’lgan Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida, yo‘lni ajratib turuvchi betonga to‘qnashib ag‘darilgan.

YTH natijasida  tan jarohati olganlar yo’q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o’rnatilgan tartibda yo’l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab tezlikni oshirmasdan harakatlanishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.