Toshkentda Lacetti haydovchisi daraxtga urilib, vafot etdi

Фото: drive2 (Ситуативное)

Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB  munosabat bildirdi.

07-iyun kuni  soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida 1998-yilda tug‘ilgan haydovchi B.T. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo’qotib, yo’l chetidagi daraxtga to’qnashishi oqibatida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.