Toshkentda uy-joy ijarasi narxi arzonlashdi
2024-yil iyun oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joylarning o‘rtacha narxi 1,2 foizga pasayib, har kvadrat metr uchun 8,3 dollarni tashkil qildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Mutaxassislar Mirobod, Shayxontoxur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolayotganini, bu yerda ijara narxi har kvadrat metr uchun 10,2 dollarni tashkil etishini qayd etdi.
Eng arzon ijara uy-joy Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida qayd etilgan – har kvadrat metr uchun 6,4 dollar.
Yil boshidan beri ijara narxlari 9,8 foizga, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan esa 5,5 foizga pasaygan, deya qayd etdi CEIR.
Ijara narxining eng katta pasayishi Yashnobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida kuzatildi, ularda narxlar 12 foizdan ko‘proq pasaydi. Shuningdek, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida ham sezilarli pasayish kuzatildi – 8,3 foiz.
Sharhlar