Toshkentning Asaka ko‘chasida vaqtincha avtoulovlar harakati cheklandi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Asaka” ko‘chasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari sababli kommunal tarmoqlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda tuman hokimligining matbuot xizmati yozmoqda.
Shu sababli “Asaka” ko‘chasining Parkent-2 tor ko‘chasi kirish qismidan Maxatma Gandi ko‘chasiga qadar qismida avtoulovlar harakati 10-oktyabr soat 17:00ga qadar vaqtincha cheklanadi (Maxsus avtoulovlardan tashqari). Shuningdek, Mirzakalon Ismoiliy ko‘chasining “Asaka” ko‘chasi bilan kesishmasi vaqtincha yopildi.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi hokimlik xabarida.
Ulashish:
Sharhlar