Toshkentning bitta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi
Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ayrim hududlariga 28-avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar berdi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Eski Jaloyir” MFY Beshko‘prik ko‘chasidagi 470 ta yerli xonadon
“Ziyolilar” MFY Obod ko‘chasidagi 235 ta yerli xonadon
“Yuqori Darxon” MFY Yorqin hayot, Navro‘z 4-5-tor ko‘chalaridagi 190 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
Ulashish:
Sharhlar