Toyvo Klaar Yevropa Ittifoqining О‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz bo‘yicha sobiq maxsus vakili Toyvo Klaar Yevropa Ittifoqining О‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda О‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
“Biz Yevropa Ittifoqining О‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Toyvo Klaarni qutladik va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. О‘zbekiston hukumati sezilarli natijalarga erishish orqali Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashish tarafdori”, — deb yozadi Saidov.
Toyvo Klaar bu lavozimda 2021-yil martidan beri Yevropa Ittifoqining О‘zbekistondagi delegatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Sharlotta Adrian o‘rnini egalladi. U diplomatik missiyasini 2024-yil iyul oyida yakunlagandi.
Sharhlar