Indoneziyada samolyotning ikkala uchuvchisi ham parvoz chog‘ida uxlab qoldi

Фото: REUTERS/Regis Duvignau

Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi samolyotining ikkala uchuvchisi ham parvoz chog‘ida uxlab qoldi va qariyb 30 daqiqa mobaynida chaqiruvlarga javob bermadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Janubi-Sharqiy Sulavesidan Indoneziya poytaxti Jakartaga yo‘l olgan reys chog‘ida uchuvchi va ikkinchi uchuvchi bir vaqtda uxlab qolgan, bu taxminan 28 daqiqa davom etgan.

Voqea natijasida navigatsiyada bir qator xatoliklar yuz bergan, ammo Airbus A320 samolyotining 153 nafar yo‘lovchisi va to‘rt nafar bort kuzatuvchisi 2 soat 35 daqiqa davom etgan parvoz chog‘ida jabr ko‘rmagan.

Havo transporti bosh direktori Mariya Kristi Endax Murni ma’lum qilishicha, Tranport vazirligi hodisa yuzasidan Batik Air aviakompaniyasiga nisbatan “qat’iy hayfsan e’lon qiladi”. U aviakompaniyani ekipajning dam olishiga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.

Voqea yuzasidan surishtiruv olib boriladi va tungi reys tafsilotlari tahlil qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.