Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasida tezda tinchlik kelishuviga erishmoqchi

фото: rbc.ru

Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida tezda tinchlik kelishuviga erishmoqchi, dedi Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb AQShning saylangan rahbari bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

“Biz Yevropada va butun dunyoda Donald Tramp imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga erishishga jiddiy yondashayotganini tushunishimiz kerak. Saylovlar va Inauguratsiya kuni o’rtasida bu muzokaralar uchun imkoniyat oynasi mavjud”, deyiladi matnda.

Stubb Bokuda 12-noyabr kuni ochilgan iqlim sammitida so‘zlagan nutqida Ukrainada tinchlikka erishish uchun to‘rtta shartni sanab o‘tdi. Uning fikricha, bularga hudud, xavfsizlik kafolatlari, adolat va qayta qurish kiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.