AQSH davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
AQSHda BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida Markaziy Osiyoning beshta davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSHni birlashtirgan “C5+1” uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. Uchrashuvda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken qatnashdi.
“Iqtisodiy hamkorlik, suv resurslarini boshqarish, barqaror qishloq xo‘jaligi, ekologik chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish mintaqaviy hamkorlikda barqarorlik va o‘sishni ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlaridandir. Qariyb o‘n yil avval Samarqandda ilk bor boshlangan “C5+1” tashabbusining izchil rivojlanishi Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlik yo‘lida birgalikdagi harakatimizni namoyish etadi”, — deyiladi tashqi ishlar vaziri xabarida.
Sharhlar