Voleybol bo‘yicha О‘zbekiston terma jamoasi Shri-Lankada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Фото: НОК

Shri-Lankada “CAVA U20 Men’s Volleyball Championship 2024” voleybol turniri yakunlanib, О‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada О‘zbekiston terma jamoasidan tashqari Qirg‘iziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv orollari hamda turnir mezboni Shri-Lanka terma jamoalari ishtirok etdi. Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik voleybolchilar Shri-Lanka terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, turnir yakuniga ko‘ra Og‘abek Haydarov “Eng yaxshi o‘yinchi”, Mirziyod Murodov “Eng yaxshi libero”, Saidjamol Mirobiddinov “Eng yaxshi hujumchi” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.