O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov Ar-Riyoddagi jangda g‘olib bo‘lib, WBA kamari sohibiga aylandi (video)
Professional boksda o‘z yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 8-mart kuni o‘zining chempionlik jangida ringga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida unga rossiyalik Magomed Kurbonov (25-0, 13 KO) raqiblik qildi.
Isroil Madrimov 12 raundga belgilangan jangning 5-raundida Kurbonovni nokautga uchratdi va super o‘rta vazn toifasida WBA kamari egasiga aylandi.
Ulashish:
Sharhlar