Xalqaro qidiruvdagi ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Фото: sputnik.by

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari o‘z mamlakatiga ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda “1news.az” Ozarbayjon Bosh prokuraturasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, 35 yoshli Sh. Sh. Firibgarlik, mablag‘larni o‘zlashtirish, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va qasddan soxta hujjatlardan foydalanish ayblovlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.

27 yoshli Sh. S.ga esa firibgarlik, noqonuniy yo‘l bilan pasport va boshqa muhim shaxsiy hujjatlarni olish ayblovlari bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan.

Ular Ozarbayjon Adliya vazirligi Jinoyat-ijroiya xizmati soqchilari nazorati ostida so‘rov berilgan mamlakatga topshirildi, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.