Xitoy Tojikistondan tojik-afg‘on chegarasida uyushtirilgan hujumni tezroq tekshirishini so‘radi
Tojikiston va Afgʻoniston chegarasi yaqinida sodir etilgan hujum natijasida bir nafar Xitoy fuqarosi halok boʻldi, yana toʻrt nafari yaralandi, deya xabar bermoqda Azia Plus 19-noyabr kuni Xitoy TIV bayonotiga tayanib.
“18-noyabr kuni Tojikiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara hududida, tojik tomonida joylashgan xususiy Xitoy korxonasining qarorgohiga hujum uyushtirildi, natijada bir Xitoy fuqarosi halok boʻldi, yana toʻrt kishi jarohat oldi. Xitoy vahshiyona hujumni keskin qoralaydi, qurbonlar uchun chuqur qayg‘usini izhor qildi hamda qurbonlar va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi”, — deyiladi Xitoy TIV bayonotida.
Xitoyning Dushanbedagi elchixonasi xodimlari “muammoni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish” uchun hujum sodir bo‘lgan hududga yetib keldi. Xitoy elchisi tojik tomonini “hodisani imkon qadar tezroq tekshirishga” chaqirdi.
“Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi hududidagi vaziyat tufayli Xitoy fuqarolari va korxonalariga xavfsizlikka alohida e’tibor qaratishlarini eslatamiz”, — deyiladi bayonotda.
Sharhlar