Xitoy yangi avlod off-road robotini taqdim etdi

Foto: videodan qirqib olingan

Xitoyning Deep Robotics kompaniyasi o‘zining ajoyib imkoniyatlarga ega yangi g‘ildirakli to‘rt oyoqli robotini taqdim etdi. Ushbu innovatsiya robototexnika sohasida yangi yondashuvlarni shakllantirishi mumkin.

Boston Dynamics yoki Tesla kabi kompaniyalarning robototexnikaga oid ko‘rgazmalari, odatda, sinxron raqs qilish, platformadan sakrash yoki ichimlik uzatish kabi ko‘ngilochar funksiyalarga qaratilgan bo‘lsa, Deep Robotics’ning yangi modeli murakkab relyeflarda ishlash qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi.

Rasmiy nomi Hangzhou Yunshenchu Technology Company bo‘lgan Deep Robotics kompaniyasi to‘rt oyoqli robot texnologiyasida dunyo bo‘ylab yetakchilar qatorida. Kompaniyaning sun’iy intellekt bilan jihozlangan robotlari Xitoyning turli sohalarida, jumladan, yong‘in xavfini aniqlash, elektr stansiyalarni tekshirish va favqulodda vaziyatlarda qutqaruv amaliyotlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda.

Kompaniyaning yaqinda taqdim etilgan yangi g‘ildirakli modeli tik va notekis tog‘ relyeflarida bemalol harakatlana oladi. Ushbu robot tog‘li hududlarda tibbiy vositalarni yetkazib berish, favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish yoki hatto oziq-ovqat yetkazib berish kabi ishlarda foydalanilishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.