​Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi iyun oyining ikkinchi yarmida Siandan Samarqandga yangi havo yo‘nalishini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi havo qatnovlarini koʻpaytirish niyati “Uzbekistan Airports” rahbariyati va aviakompaniya vakillari oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Loong Air” aviakompaniyasi haftasiga uch martadan Chengdu – Toshkent va Sian – Toshkent yo’nalishlarida  muntazam yo’lovchi qatnovlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda”, – deyiladi.

“Loong Air” – bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo’lib, yo’lovchi va yuk tashish xizmatlarini ko’rsatadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.