Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi

Фото: Фото: УБДД ГУВД Ташкента

8-iyun kuni  soat 00:10 larda Yashnobod tumani Do‘stobod MFY Sultonali Mashxadiy ko‘chasi 216-uy qarshisida 1983-yilda tug‘ilgan (erkak) K.S. Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1985-yilda tug‘ilgan E.X.ni urib yuborgan. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati yozmoqda.

“YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.