Stavropolda Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchradi (video)

Фото: пятый канал

Rossiyaning Stavropol o‘lkasida mamlakat Harbiy-kosmik kuchlarining Tu-22M3 samolyoti halokatga uchradi, uchuvchilar katapulta qildi, deya xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Samolyot jangovar topshiriqni bajarib, o‘z bazasi bo‘lgan aerodromga qaytib kelayotgan edi.

Ekipajning yana uch a’zosi qutqaruv guruhi tomonidan evakuatsiya qilingan, qolgan uchuvchini qidirish davom etmoqda

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Tu-22M3 bilan yuz bergan avariyaga, dastlabki taxminlarga ko‘ra, texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.